Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cheksiz miqdorda qayta ishlash mumkin bo‘lgan plastik kashf qilindi

Cheksiz miqdorda qayta ishlash mumkin bo‘lgan plastik kashf qilindi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Qayta ishlashdagi murakkablik — plastikning asosiy muammosi hisoblanadi. U deyarli parchalanmaydi, daryo va dengizlarni ifloslantiradi, tirik organizmlarda to‘planib qoladi. Amerikalik olimlar mazkur muammoga yechim topdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Ular deyarli cheksiz miqdorda polimerlash va depolimerlash xususiyatiga ega plastikni olishga muvaffaq bo‘ldi. Yangi birikmaga monomer sifatida gamma-butirolakton molekulasidan foydalanilgan. Polimerlash jarayoni alohida sharoitlarni talab etmaydi: reaksiya xona haroratida va minimal miqdordagi katalizatorlar ishtirokida amalga oshadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi material plastikning zamonaviy turlariga mos keladi. Uning o‘ziga xos jihati — ko‘p marotaba qayta ishlash imkoniyatiga ega ekanligi. Material osonlikda 120 daraja Selsiyda parchalanadi. Shu bilan birga olingan monomerlardan yana plastik yaratishda foydalanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring