Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chaqaloq yig‘isini tarjima qiladigan qurilma yaratildi

Chaqaloq yig‘isini tarjima qiladigan qurilma yaratildi

Foto: «Guru Mavin»

Olimlar chaqaloq yig‘isini tarjima qiluvchi maxsus qurilma yaratdi. Bu haqda «21-asr.uz» xabar berdi.

«Cry Translator» («Bola yig‘isi tarjimoni») deb nomlanuvchi maxsus uskuna endilikda ota-onalarga yaqindan ko‘mak bera oladi. Mazkur qurilma bola yig‘laganda to‘g‘ri harakat qilish yo‘llari, uni tinchlantirish, shu bilan bir vaqtda kichkintoy bilan ilk bora tillashish usullarini o‘rgatadi. Yeng asosiysi yesa ushbu moslama shirintoy yaqinlarini ortiqcha tashvishga tushib, vahima qilishdan asraydi.

Ixtironing afzalliklari shundaki, u 96 foiz aniqlik bilan go‘dak yig‘isining sababini aniqlaydi. Boshqa qurilmalar (kichkintoy uchun mo‘ljallangan maxsus radio, smartfon, ichki telefon tizimi va boshqalar) bilan ulana oladi. U mittivoyning xohish-istagini tezda anglashga ko‘mak bergani bois, ota-onalar uchun yaqin yordamchi bo‘ldi.

Agar ushbu moslama chaqaloqning yonida bo‘lsa, LCD displeyda 3-5 soniya ichida beshta yemotsional yoki fiziologik holatdan biri – «och», «zerikkan», «noqulaylik», «uyquchan», «stress» degan so‘zlar namoyon bo‘ladi. Bu orqali yesa ota-onalar yoki yenagalar kichkintoyni tezda tinchlantirishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu maxsus asbob tibbiy uskuna yemas, balki kichkintoyning yaqinlari uchun mittivoyni yaxshiroq tushunishga ko‘mak beruvchi vositadir.

Unutmang, chaqaloq hech qachon besabab yig‘lamaydi. U o‘zida bo‘layotgan holatni yig‘i vositasida namoyon qiladi.

Agar bolajonning bezovtaligi tinmasa, bu qurilma bilan cheklanib qolmay, albatta shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, mahsulotning yakuniy jarayoni hali ham rivojlanish bosqichida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring