Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu soha rivojlanmasa, boshqa tarmoqlar oldinga yurmaydi» — prezident

«Bu soha rivojlanmasa, boshqa tarmoqlar oldinga yurmaydi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev AKT sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur tarmoqning ahamiyati haqida gapirib o‘tgan.

«Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish bo‘yicha katta-katta maqsadlarni qo‘ydik. Bir narsani aniq tushunish kerak: ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror bir tarmoq oldinga yurmaydi», degan davlat rahbari.

Shuningdek, prezident sohada yechimini kutayotgan muammolar va ishga solinmagan imkoniyatlar hali ko‘pligini ham aytib o‘tgan. Jumladan:

  • hududlarning optik tolali internet bilan qamrab olish darajasi past — 72 foiz;
  • 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan. Shuningdek, magistral avtomobil yo‘llarning atigi 38 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Umuman, hududlarda internet sifati va tezligi pastligicha qolmoqda;
  • «O‘zbektelekom»ning daromadlari va samaradorligi boshqa mamlakatlar kommunikatsiya kompaniyalaridan ancha past.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring