«BMW» dunyodagi eng tezkor poyga dronini yaratadi
Germaniyaning «BMW» avtomobilsozlik kompaniyasi «Drone Racing League» («DRL») musobaqasi vakillariga dunyodagi eng tezkor dronni yaratishda yordam beradi. Bu orqali ular Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishni rejalashtirgan.
Hozir amalda rekord o‘tgan yili «DRL RacerX» droni tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, u soatiga 265,8 kilometr tezlikda harakatlangandi, deb xabar berdi «ITC.ua».
Buning uchun kompaniya o‘zining aerodinamika bo‘yicha texnik mutaxassislarini ishga soladi, shuningdek, o‘z sinov markazida aerodinamik trubadan foydalanishni ta’minlab beradi. «BMW»dagilarning ta’kidlashicha, ularni raqamli texnologiyalarning o‘ta zamonaviy yengil materiallar bilan o‘zaro uyg‘unligi qiziqtirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, «DRL» dronlari bunga qadar «BMW Welt» ko‘rgazma markazida hamda «BMW» avtomobillari o‘zaro kurashadigan kompaniyaning Myunxendagi avtomuzeyida uchgan. Amerikaning «ESPN» sport teletarmog‘i bilan imzolangan bitimdan so‘ng kompaniya «Drone Racing League» musobaqasi uchun «DRL Racer 3» dronini yaratgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter