Bitta tugmachani bosib, avtomobil rangini o‘zgartirishingiz mumkin
BMW kompaniyasi E-Ink texnologiyasini qo‘llagan holda shaxsiy avtomobilingiz rangini o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu uchun birgina tugmachani bosishingiz kifoya. Rang o‘zgarishi bir zumda hal bo‘ladi.
Kiyimiga mos mashina minishga ayollar orzumand bo‘lishi mumkin, ammo bu funksiya kuchli jins vakillarini ham qiziqtirmay qolmaydi. Chunki yoz faslida ochroq, qish faslida to‘qroq mashinani boshqarish haydovchiga qulaylik tug‘diradi. Ixtirodan maqsad ham faqat rang-baranglik emas, harorat mo‘’tadilligini saqlashdir.
BMW ushbu yangilikni bu yil tashkillashtiriladigan ko‘rgazmada namoyish etishni ko‘ngliga tukkan. Ammo mijozlarda hozirdanoq katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter