Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik avtokonsern go‘ng bilan yuradigan mashina ishlab chiqarmoqchi

Yirik avtokonsern go‘ng bilan yuradigan mashina ishlab chiqarmoqchi

Foto: «News.myseldon.com»

Kelajakda BMW elektromobillari sigir go‘ngidan quvvat oladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi Kaliforniyada go‘ngdan metan ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlik qiladi. Gaz elektr energiyasi ishlab chiqarish va elektr transport vositalarini quvvatlantirish uchun ishlatiladi.

BMW chorshanba kuni California Bioenergy (CalBIO) va Bar 20 Dairy farm kompaniyalari bilan hamkorlikda sigir go‘ngidan metanni «toza» energiyaga aylantirishini aytdi.

Buning uchun bioreaktor sigir go‘ngidan metan olib, qayta tiklanadigan energiya sifatida tarmoqqa jo‘natadi. Aks holda, metan gazi Yer atmosferasiga chiqib ketardi. Metan issiqxona gazlari muammosining ma’lum manbasi hisoblanadi.

BMW kompaniyasining fikricha, strategiya o‘ta samarali elektromobillarni yaratishga yordam beradi. Elektromobillar harakatlanish paytida chiqindi chiqarmaydi. Ustiga-ustak, tarmoq uchun toza energiya ham barqaror zaryadni saqlashga yordam beradi.

Negaki, ishlatiladigan elektr energiyasi qazib olinadigan yoqilg‘ilarni yoqadigan energiya manbalaridan kelib chiqqani uchun elektromobillarni quvvatlash bugungi kunda yanada katta ekologik muammoga aylanmoqda.

Fermada metan chiqindilarini kamaytirish qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish bilan bir qatorda yiliga 17 000 dan ortiq elektromobillarni toza energiya bilan ta’minlashga yetadigan uglerodni tejashga olib keladi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi yaqin kelajakda bunday hamkorliklar ko‘proq paydo bo‘lishini kutmoqda. Pirovard natijada ular kompaniya Kaliforniyada sotadigan har bir elektromobilni quvvat bilan ta’minlaydi deb o‘ylaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring