Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geytsning sevimli o‘yinlari (video)

Bill Geytsning sevimli o‘yinlari (video)

Skrinshot

Microsoft hamasoschisi, dunyoning eng boy insonlaridan biri Bill Geyts kompyuter o‘yinlari ishqibozi. O‘zi bunga iqror bo‘ldi.

Geytsning aytishicha, Wordle o‘ynamasa turolmaydi. Bu berilgan so‘zni har kuni topish shart bo‘lgan boshqotirma. Geyts yaxshiroq o‘ynash uchun hatto o‘z strategiyalarini ishlab chiqqan. U unlilari ko‘p so‘zlardan o‘yinni boshlashni maslahat berdi.

Bundan tashqari, Geyts bo‘sh vaqtida Quordle, Octordle, Nerdle kabi o‘yinlarni ermak qilib turadi, Quordleda beshta harfdan bir paytning o‘zida to‘rt xil so‘zni topish kerak, Octordleda — sakkizta so‘z topish talab etiladi, Nerdle — Wordlega o‘xshash, faqat bunda matematik topshiriqlar bajariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring