Bill Geytsning bitkoinlari bormi?
«Microsoft» asoschisi va dunyoning eng boy insonlaridan biri — Bill Geyts CNBC telekanali bilan suhbatda bitkoinga munosabatini ham bildirib o‘tdi.
«Mening bitkoinlarim yo‘q, unga nisbatan ochiq pozitsiyaga ham ega emasman», — dedi Geyts.
Milliarderning aytishicha, kriptovalyuta kursi juda o‘zgaruvchanligi bois kelajakda uning taqdiri nima bo‘lishini bashorat qilish juda qiyin masala.
Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni bitkoin tarixiy rekordni yangilab, qiymati 52,2 ming dollarga ko‘tarildi. Bitkoin qiymati yillik o‘sishi 400 foizni tashkil etdi. Atigi bir oyda bitkoin 10 ming dollarga qimmatladi.
«Tesla» kompaniyasi 1,5 milliard dollarga bitkoin xarid qilishini e’lon qilgach, kriptovalyuta yanada qimmatlashib ketdi. Kriptovalyutaga neytral munosabatli Bill Geytsdan farqli o‘laroq, «Tesla» rahbari Ilon Mask bitkoinning kelajagi juda porloqligiga ishonyapti. U hatto tvitterdagi profiliga ham bitkoin suratini joyladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter