Bakteriya ham «qish uyqusi»ga ketarkan
Yuqumli bakteriya antibakteriya hujumiga uchrasa, «qish uyqusi»ga ketishi aniqlandi, deya xabar beradi «Hurriyet.com» nashri.
Daniya va germaniyalik olimlar «E.coli» bakteriyasi ustida tadqiqot olib borib, bakteriyaning kichkina bir parchasi antibiotik xavfi yo‘q bo‘lgunicha «uyqu»ga ketishini aniqlashdi. Xavf yo‘qolgach, bakteriya yana jonlanishi ma’lum bo‘ldi.
Kopengagen universiteti biologiya fakulteti professori Kenn Gerdes hamda Tyubingen universitetidan Boris Matsek boshchiligida olib borilgan tadqiqotda harakatsiz bakteriyada «uyqu»ga ketishni ta’minlovchi ferment kashf etildi.
Ixtiro haqidagi maqola «Science Signaling» jurnalida chop etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter