«Aqlli issiqxona»: 1-o‘rinni olgan loyiha nimasi bilan ahamiyatli?
IT park tomonidan EdTech Hub Bukhara inkubatsiya va akseleratsiya dasturining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Dastur natijalariga ko‘ra:
- 1-o‘rinni «Aqlli issiqxona» loyihasi – 30 million so‘m;
- 2-o‘rinni «Lemix» loyihasi – 15 million so‘m egallagan.
«Aqlli issiqxona» – bu sug‘orishni masofadan boshqarish, haroratni kuzatish va barqaror o‘sish uchun qulay sharoitlarni saqlash imkonini beruvchi issiqxona tizimlarini avtomatlashtirish va monitoring qilish loyihasi. Bundan tashqari, tizim suv va energiya kabi resurslarni tejaydi.
«Lemix» – bu CRM va LMS vositalarini o‘z ichiga olgan o‘quv markazini boshqarish tizimi. Qolaversa, u talabalar, moliyaviy hisobotlarni yuritish hamda asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishtirokchilari bepul o‘qitish va ekspert ko‘magidan tashqari, o‘z loyihalarini ishlab chiqish uchun 45 million so‘m mukofot jamg‘armasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
EdTech Hub dasturiga jami 77 ta loyiha ariza topshirgan, ulardan 8 tasi keyingi rivojlanish dasturiga tanlab olingan.
Ma’lumot o‘rnida, inkubatsiya va akseleratsiya dasturi – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park va IT-Markazlar bilan birgalikda yaratilgan va ishga tushirilgan EdTech Hub Bukhara loyihasining uchta komponentidan biri. Loyiha uchta yirik komponentdan iborat edi: 2 ta ta’lim va 1 ta inkubatsiya va akseleratsiya dasturi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter