«Aqlli chorraha» piyodaning hayotini asraydi (video)
«Honda» avtokonserni AQShning Merisvill shaharchasida «aqlli chorraha»ni sinovdan o‘tkazyapti — avtomobillar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashishni ko‘zda tutuvchi bu tizim qo‘qqisdan yo‘lga chiqib qoluvchi piyodalar yoki velosipedchilar haqida vaqtida xabar beradi.
Kompaniya mutaxassislari bu tizim kelgusida yo‘llarni tartibga solish, avariyalar, baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga katta hissa qo‘shishiga umid qilishyapti.
Texnologiya qanday ishlashi bilan quyidagi video orqali tanishishingiz mumkin. Bu tashabbus sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga va albatta, kelgusida bizning yo‘llarimizda ham paydo bo‘lishiga umid qilib qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter