«Dardkash» robot: «Honda» o‘z hissiyotlarini namoyon qila oladigan robotni taqdim etdi
«Honda» kompaniyasi CES 2018 ko‘rgazmasida o‘z hissiyotlarini namoyish etgan holda odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radigan robotni taqdim qildi, deya xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Aslini olganda «Honda» ko‘rgazmaga bir necha turdagi yangi robotlarini olib kelgan, biroq ularning orasida eng diqqatga sazovori — 3E-A18.
Ushbu robot do‘konlardagi, aeroportlar va boshqa jamoat joyidagi odamlarga yordam berishi maqsadida yaratilgan. Biroq uni ishxonaga yoki uyga ham joylashtirib qo‘yish mumkin. Robotga o‘rnatilgan datchiklar odamning harakati va yuzidagi mimikalariga qarab uning kayfiyatini aniqlaydi.
Suhbatdoshining ahvoliga qarab robot turli hissiyotlarini virtual yuzida namoyon qiladi: tabassum, hayrat, g‘am va hakozo. Robotning korpusi yumshoq materialdan tayyorlangani sabab odamlar uni bemalol quchishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter