Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» kompaniyasi «iPhone»lar ishini qasddan sekinlashtirayotgani uchun uzr so‘rab, batareyalar almashtirish narxini 29 dollarga tushirdi

«Apple» kompaniyasi «iPhone»lar ishini qasddan sekinlashtirayotgani uchun uzr so‘rab, batareyalar almashtirish narxini 29 dollarga tushirdi

Foto: «ITC.ru»

«Apple» kompaniyasi «iPhone»larning ishini ataylab sekinlashtirayotgani uchun uzr so‘radi.

«Ko‘pchiligingiz «Apple» bizni aldadi deya hisoblashingizni bilamiz. Shu sababli sizlardan uzr so‘raymiz», — deb yozadi korporatsiyaning rasmiy sayti. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ayni vaziyatda ko‘plab tushunmovchiliklar ham bo‘lgan va «Apple» yangi qurilmalarni sotish hajmini oshirish uchun eskilarini yomonlash borasida hech qanday chora ko‘rmagan. Bu haqda «ITC.ru» xabar berdi.

«Kimyoviy jihatdan eskirgan batareyalar yuklanishni ko‘tara olmaydigan bo‘lib qoladi, ayniqsa, quvvati kamligida, bu esa ayrim vaziyatlarda qurilmaning kutilmaganda o‘chib qolishiga olib keladi», — deya tushuntirish beradi kompaniya. 

Bundan tashqari «Apple» kafolatsiz akkumulyatorlarni almashtirish narxiga o‘zgartirish kiritdi. Endilikda «iPhone 6» va undan yangiroq model egalari o‘z qurilmalarning akkumlyatorini 79 dollarga emas, balki 29 dollarga almashtirishlari mumkin. Bu kabi chegirmalar kelgusi yilning yanvar oyi oxiridan 2018-yilning dekabriga qadar davom etadi.

Shu bilan birga «Apple» 2018-yilning boshida iOS amaliy tizimining yangilangan talqinini ishga tushiradi, bu esa o‘z navbatida foydalanuvchilarga «iPhone» batareyasining «sog‘ligi» haqida ko‘proq ma’lumotlarni taqdim etishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Apple» kompaniyasi «iPhone»larning ishini ataylab sekinlashtirayotgani siri ochilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring