Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple AirPods» simsiz quloqchinlari bosh og‘rig‘ini yuzaga keltirmoqda

«Apple AirPods» simsiz quloqchinlari bosh og‘rig‘ini yuzaga keltirmoqda

2016-yildayoq «AirPods» zararli nur tarqatishi aytilgandi.

Foto: «TrustedReviews»

«Apple AirPods» simsiz quloqchinlari sotuvga chiqqanidan bir yil o‘tib, ularning egalari bosh og‘rig‘idan shikoyat qila boshladi. Bu kabi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, «Apple»ning rasmiy forumida ham paydo bo‘lgan, deb xabar berdi «4PDA».

«Simli quloqchinlarni ishlatganimda hech qanday muammoim yo‘q edi, biroq muloqot vaqtida «iPhone»ni boshimga yaqin ushlasam ham endilikda og‘riq paydo bo‘lmoqda. Odatda simli quloqchinlardan foydalanib, telefonni boshimdan uzoqroqda ushlashga harakat qilardim. «AirPods»dan foydalana boshlaganimdan beri kuchli bosh og‘rig‘ini his qilyapman”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Berklidagi Kaliforniya universitetining sog‘liqni saqlash maktabi professori Joel Moskovits 2016-yilda «AirPods» zararli nur tarqatishi, bu esa sog‘liqqa bog‘liq muammolarni yuzaga keltirish mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

O‘sha vaqtda «Apple» matbuot xizmati bunga «biz o‘z mahsulotlarimizni barcha turdagi xavfsizlik talablariga ko‘ra sinovdan o‘tkazamiz» deya javob qaytargandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring