Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» 2016 yilgi o‘rniga qaytdi

«Apple» 2016 yilgi o‘rniga qaytdi

Foto: «Yablyk»

2020-yilning so‘nggi choragida smartfonlar sotishda eng yaxshi natijaga «Apple» kompaniyasi erishdi. «Gartner» tadqiqotlari buni tasdiqlamoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, o‘tgan yili smartfonlar bozori 12,5 foizlik pasayishga uchradi. Yil oxiriga kelib jarayon sekinlashdi — 2020-yil 4-choragida 2019-yilning shu davridagiga nisbatan smartfonlar sotilishi 5,4 foiz kam bo‘ldi.

«Iste’molchilar o‘z xarajatlarida ancha ehtiyotkorlik qilib, ayrim xaridlardan voz kechishganiga qaramay, 5G hamda professional kamerali smartfonlar oxirgi chorakda savdoni birmuncha jonlantirib berdi», — dedi «Gartner» tadqiqotlar bo‘yicha katta direktori Anshul Gupta.

2020-yil so‘nggi choragida 80 millionta smartfon sotgan «Apple» yetakchiga aylandi. Kompaniya oxirgi marotaba birinchi pog‘onaga 2016-yilda ko‘tarilgan edi.

O‘tgan yil to‘rtinchi choragiga ko‘ra, yetakchi beshlik:

  1. «Apple» — 80 mln.
  2. «Samsung» — 62 mln.
  3. «Xiaomi» — 43 mln.
  4. «Oppo» — 34,4 mln.
  5. «Huawei» — 34,3 mln.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring