Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amudaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (foto)

Amudaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (foto)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Amudaryo tumanida tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezident g‘oyasi bilan ilgari surilgan beshta tashabbusning uchinchisi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda Amudaryo tumanidagi 89 ta umumta’lim maktablarining 85 tasida 106 ta kompyuter sinflari tashkil etilgan bo‘lib, jami 1 358 ta kompyuter texnikalari bilan ta’minlangan.

Tumandagi o‘rta ta’lim maktablarida 174 nafar oliy ma’lumotli informatika fani o‘qituvchilari tomonidan IT (axborot texnologiyalari) yo‘nalishida o‘quvchilarga ta’lim berib kelmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu vaqtga qadar beshta – Nukus shahri, Mo‘ynoq, Beruniy, Qonliko‘l va Ellikqa’la tumanlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgandi. Endi ular qatoriga Amudaryo tumani ham qo‘shildi.

Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter sinflari, o‘quv zali va kibersport xonalari tashkil etilgan.

Amudaryo tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga hududda joylashgan barcha maktablarda 5-11 sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar, shuningdek uyushmagan yoshlar hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilim saviyasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Amudaryo tumani raqamli texnologiyalar o‘quv markazining binosi tuman hokimligi tomonidan joriy ta’mirlanib, hokimlik hisobidan mebel bilan jihozlandi. Vazirlik tomonidan markazda o‘quv kurslarini tashkil etish uchun o‘quv xonasiga 9 ta, kibersport xonasiga 5 ta, robototexnika xonasiga 4 ta kompyuter texnikalari o‘rnatilib, internet tarmog‘iga ulandi.

Qayd etish lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi buyicha «One Million Uzbek Coders» platformasida 1900 dan ziyod yosh yigit-qizlar ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan Amudaryo tumani bo‘yicha 132 nafar yoshlar qatnashib, ularning 30 nafari kursni muvaffaqiyatli tugatdi va o‘z sertifikatlariga ega bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring