Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili Amudaryodan eng ko‘p suv «ichgan» davlat nomi aytildi

O‘tgan yili Amudaryodan eng ko‘p suv «ichgan» davlat nomi aytildi

2023-yilda Amudaryo, Afg‘onistonni hisobga olmaganda, uchta davlatga jami 47,58 kub kilometr suv bergan.

Ushbu daryodan suv olish bo‘yicha rekordchi Turkmaniston bo‘lgan. Qo‘shni davlat Amudaryodan 19,9 kub kilometrdan ko‘proq (jamiga nisbatan 42 foiz) suv olgan.

Shuningdek, O‘zbekiston daryo suvining 38,4 foizi (taxminan, 18,3 km kub)ni, Tojikiston tomoni esa 19,8 foizi (9,4 km kubdan ortiqroq)ni iste’mol qilgan.

«Meteojurnal» bu borada yana bir «sohil davlat» – Afg‘oniston bo‘yicha aniq ma’lumotlarni qo‘lga kiritolmagan. Ammo daryodan suv olish bo‘yicha Afg‘oniston, hech bo‘lmaganda, 4-o‘rinda bo‘lishini taxmin qiladi.

Nashr, o‘z navbatida, mazkur statistik raqamlarni tahlil qilib, mintaqada aholi soni eng kam bo‘lishiga qaramay Amudaryo suvidan eng ko‘p foydalanayotgan Turkmanistonda suvdan foydalanish nihoyatda samarasiz kechayotganini taxmin qiladi.

«Rasmiy ma’lumotlarda 7 mln, mustaqil hisob-kitoblarga ko‘ra esa 5 mln dan kщpligi aytiladigan mamlakatning 2023-yilda Amudaryodan suv olishi aholi jon boshiga 6 ming 741,7 metr kubga to‘g‘ri keladi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Turkmaniston mintaqadagi barcha qo‘shni davlatlardan oldinda, butun dunyoda rekordchilardan biri hisoblanadi», – deyiladi nashr ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring