Tuyamo‘yin suv omborida suv sathi keskin kamayib ketdi
Amudaryoning quyi oqimida bahordagi issiq va kam yog‘in davr joylarda suv tanqisligini, Tuyamo‘yinda sovuq mavsumda to‘plangan suvning oxirgi hajmlari ishlatilishiga sabab bo‘ldi.
«MeteoJurnal»ning yozishicha, mayning boshida suv omborida suv hajmi 2,5 km kub gacha kamaygan.
Mayning ikkinchi o‘n kunligida suv omboriga kirish oqimi prognozdagidan 1.23 km kubgacha kam bo‘lib chiqdi (yuqori ehtimol buni mayning birinchi o‘n kunligida Amudaryo suvining Qo‘shtepa kanaliga ochib yuborilishi bilan izohlash mumkin). Suv omboridan 0.15 km kubgacha suv oqib chiqdi. Natijada, suv omborida suv hajmi 2,3 km kubga kamayib ketdi. Bu suv ombori uchun juda ham minimal holatdir.
Amudaryoning quyi oqimida juda kuchli suv tanqisligi mavjud.
Amudaryo quyi qismida mart-aprelda ekinlarning suvga bo‘lgan talabi issiq va quruq havo omili tufayli mavsumga xos bo‘lmagan tarzda 50 foizga ortib ketgan.
Amudaryoning quyi oqimida aprel-may oylarida suv tanqisligi ketma-ket to‘rtinchi yil davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter