Amiti va Inha universiteti rahbarlari Farg‘onada bo‘lishdi (foto)
Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori v.b. B.Abdullayev va Inha universiteti rektori v.b. M.Jalolov Farg‘ona viloyatiga borishdi. Maqsad — hududlarda yoshlarning AKT sohasiga qiziqishini oshirish, sohada iqtidorli va salohiyatli kadrlarni kashf etishdan iborat edi.
Farg‘ona shahridagi TATU filiali hamda uning qoshidagi litseyga tashrif davomida u yerdagi AKT yo‘nalishida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi va professor, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Amiti va Inha universitetlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, universitetlar rahbariyati TATU filiali qoshidagi yotoqxonaga borib, talabalar bilan uchrashdi, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Tashrif Marg‘ilondagi Raqamli texnologiyalar markazi va Namangan shahridagi yangi IT-texnikumidagi ochiq muloqotlar bilan yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter