Sherzod Shermatov IT-park rezidenti faoliyati bilan tanishdi (foto)
Bugun, 29-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov IT-Park rezidenti — «Najot ta’lim» o‘quv markazida bo‘lib, uning faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Vazir markaz faoliyati bilan tanishish jarayonida axborot texnologiyalari sohasida qilinayotgan ishlar yuzasidan takliflar berdi.
Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ham qatnashib, Yoshlar portalini takomillashtirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, yoshlar daftariga kiritilganlarga IT-yo‘nalishda ta’lim olish imkoniyatini yaratish ham muhokama qilindi.
Shu kuni AKT vaziri va o‘quv markazida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter