AKT sohasida turkiy davlatlar forumi bo‘lib o‘tmoqda
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zolari delegatsiyalari ishtirokidagi forum o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, raqamli transformatsiya, yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qilish mavzusida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktorining o‘rinbosari A. Xudayev ma’ruza qildi.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya va Vengriya delegatsiyalari vakillarining ham taqdimotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, ishtirokchilar «Astana Hub» IT-startaplar xalqaro texnoparki faoliyati bilan tanishdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter