6G standartida tezlik 1 terabaytga chiqdi
5G tarmoqlari hali ko‘p mamlakatlarga to‘liq kirib borishga ulgurmagan, Xitoyda esa navbatdagi standart — 6G ustida izlanishlar qizg‘in ketmoqda.
«Phonearena» yozishicha, xitoylik tadqiqotchilar 6G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazib, bir kilometrdan ziyodroq masofaga 1 terabayt ma’lumotni bir soniyada uzatishdi. Bu rekord!
Xitoyda 6G standarti bilan Sinxua universitetining Aerokosmik muhandislik maktabi professori Chjan Chao boshchiligidagi olimlar shug‘ullanishyapti.
Tadqiqotchilar bu rekordga girdobli millimetrli to‘lqinlar sifatida ma’lum yuqori chastotali radioto‘lqinlardan foydalanish orqali erishdilar. Bu to‘lqinlar so‘nggi 100 yilda radioaloqada qo‘llanilgan to‘lqinlardan mutlaqa tafovut qiladi.
6G texnologiyasi harbiy maqsadlarda: qurollanish va mudofaa tizimlarida qo‘llanilishi kutilyapti. Masalan, gipertovushli qurollar 6G dan nishon va aloqalarni aniqlashda foydalanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter