Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik professor «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga prorektor etib tayinlandi

Xitoylik professor «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga prorektor etib tayinlandi

Xitoylik professor Tongkian Zou Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ish boshladi.

Professor Tongkian Zou Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti maslahatchisi, Milliy ijtimoiy fanlar fondi bosh eksperti, Xitoy madaniyat va turizm akademiyasi dekani lavozimlarida ishlagan. Xususan, 2006 yildan 2013 yilgacha Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetining turizm menejmenti kafedrasi dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2013 yildan hozirga qadar Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Shuningdek, 2019–2020 yillarda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori maslahatchisi lavozimida ishlagan, 2020 yil oktyabr oyida «Turizm fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uchun: «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2018 yil iyun oyida tashkil etilgan. O‘zbekistonda xalqaro turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash maqsadida universitetga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (AQSh, Xitoy, Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Avstraliya, Turkiya) turizm va madaniy meros sohasida ishlagan 10 dan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring