Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchdagi bog‘chada bolalar kaltaklanmoqda

Urganchdagi bog‘chada bolalar kaltaklanmoqda

Foto: «glavred.info»

Xorazm viloyatining Urganch tuman markazida joylashgan 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi S.Sultonova keyingi 10 kun davomida bolalarni kaltaklab kelgan.

Tarbiyachiga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan onalar videokuzatuvga muhrlangan tasvirlarni dalil sifatida keltirmoqda. Unda tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgan holati aks etgan.

S.Sultonova muassasaning 4 yashar bolalar guruhiga tarbiyachilik qiladi. Videotasvirlarda u bolalarni chizg‘ich bilan urishi, qattiq chimchilashi, shuningdek, ovqat bermasdan, soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan.

«Xorazm new» axborot telegram kanali bugungi xabarlarini «Davlat bog‘chalarida bunday tarbiyachi bizga kerakmi? Nima, bolalarni, kaltaklash uchun bog‘chaga beramizmi?  Xaliyam bizda kamera bor. Hech bir rasmiy tashkilot bu bo‘yicha fikr bildirmabdi, yana aytaman, bunday tarbiyachilar bizga kerakmi?» degan iddaolar bilan boshlagan.

Odilbek Ne’mat

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring