Urganchdagi bog‘chada bolalar kaltaklanmoqda
Xorazm viloyatining Urganch tuman markazida joylashgan 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi S.Sultonova keyingi 10 kun davomida bolalarni kaltaklab kelgan.
Tarbiyachiga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan onalar videokuzatuvga muhrlangan tasvirlarni dalil sifatida keltirmoqda. Unda tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgan holati aks etgan.
S.Sultonova muassasaning 4 yashar bolalar guruhiga tarbiyachilik qiladi. Videotasvirlarda u bolalarni chizg‘ich bilan urishi, qattiq chimchilashi, shuningdek, ovqat bermasdan, soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan.
«Xorazm new» axborot telegram kanali bugungi xabarlarini «Davlat bog‘chalarida bunday tarbiyachi bizga kerakmi? Nima, bolalarni, kaltaklash uchun bog‘chaga beramizmi? Xaliyam bizda kamera bor. Hech bir rasmiy tashkilot bu bo‘yicha fikr bildirmabdi, yana aytaman, bunday tarbiyachilar bizga kerakmi?» degan iddaolar bilan boshlagan.
Odilbek Ne’mat
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter