Toshkentda ikki institut birlashtirilib, yangi universitet ochildi

Prezident qarori bilan, 2 ta institut va 1 ta fakultet birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanaliga asoslanib huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev xabar berdi.
Unga ko‘ra, Transport universiteti quyidagi OTMlarning birlashishi natijasida tashkil etiladi:
1) Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti;
2) Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti;
3) Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti.
Ushbu institutlar va fakultet talabalari yangi o‘quv yilidan boshlab yangi universitetda o‘qishlarini davom ettirishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter