Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 14-sentyabrdan ochilgan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentda 14-sentyabrdan ochilgan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi

Arxiv foto

Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 14-sentyabrdan an’anaviy tarzda 2020/2021-o‘quv yilini boshlaydigan maktablar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, poytaxtdagi 318 ta maktabning 143 tasi odatdagi tarzda ish boshlaydi.

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarni koronavirus ko‘rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 14-sentyabrdan boshlab quyidagi ta’lim muassasalar an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirildi:

  • Bektemir tumanidagi 289-sonli maktab;
  • Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 49, 50, 64, 121, 208, 209, 210, 221, 223, 241-sonli maktablar hamda FFIDUM;
  • Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat;
  • Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 76, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar;
  • Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar;
  • Chilonzor tumanidagi 66, 184, 200, 280-sonli maktablar;
  • Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 40, 41, 34a, 59, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 262, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar;
  • Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 58, 63, 70, 80, 96, 98, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM;
  • Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar;
  • Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring