Test natijalarini e’lon qilishdagi xato tuzatildi - DTM
Ijtimoiy tarmoqlarda test natijalari xato hisoblangan yoki test sinovlarida nohaqlikka yo‘l qo‘yilgan degan mazmundagi postlar va videomurojaatlar e’lon qilinmoqda.
Mazkur holat Davlat test markazi tomonidan o‘rganib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, 11 sentyabr kuni e’lon qilingan test sinovlari natijalarini e’lon qilishda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Xatolik ijtimoiy tarmoqlarda yozilgani kabi test natijalarini hisoblashda emas, ularni e’lon qilishda kuzatilgan.
Test natijalaridagi texnik xatolik Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hamda Qo‘qon shahrida 10 sentyabr kuni 1-smenada o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan ayrim abituriyentlarda yuzaga kelgan. Mazkur holat aniqlanishi bilan xatolikni tuzatish ishlari boshlab yuborilgan.
Hozirda mazkur texnik xatolik tuzatilib, test natijalari xato e’lon qilingan abituriyentlarning natijalari yangilandi.
Mazkur abituriyentlarlar shaxsiy kabinetlari orqali yangilangan test natijalarini qayta ko‘rishlari mumkin.
Davlat test markazi yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun abituriyentlardan va ularning ota-onalaridan uzr so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter