Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Foto: Shahnoza Taylakova

Joriy yilning 8-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun loyihasining navbatdagi  muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun loyihasida boblar soni amaldagi 5 tadan 12 taga va moddalar soni 34 tadan 70 taga yetkazildi.

Foto: Shahnoza Taylakova

Qonun loyihasi strukturasida boblar va moddalar mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirildi. Unda amaldagi qonunning 33 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib mazmunan to‘ldirildi hamda ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha 36 ta yangi modda kiritildi.

Qonun loyihasiga quyidagi yangi boblar kiritildi:

-ta’lim faoliyati va uni tashkil etish (4-bob);

-ta’lim muassasi xodimlari (5-bob);

-ta’lim oluvchilar va ota-onalar (qonuniy vakillar)ning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi (6-bob);

-Ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi (7-bob);

-ta’lim muassasalarini litsenziyalash, davlat akkreditatsiyasi, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyasi va apostil qo‘yish (8-bob);

-ta’lim tizimida davlat nazorati (10-bob);

-ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik (11-bob).

Foto: Shahnoza Taylakova

Qonun loyihasiga quyidagi asosiy yangi moddalar kiritildi:

-katta yoshdagilar ta’limi;

-maxsus ta’lim;

-inklyuziv ta’lim;

-davlat – xususiy sheriklik;

-ta’lim sohasiga investitsiyalarni kiritish;

-ta’lim sohasidagi davlat nazorati;

-ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi baholashi;

-ta’lim ishtirokchilarining huquqlari, majburiyati va javobgariligi;

-ta’lim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyat va boshqalar.

Shuningdek, yangi tahrirdagi  qonun loyihasida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish yoki pedagog kadrlarni ta’lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etishning taqiqlanishi va bunda rahbarlarning javobgarligi belgilandi, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va ta’lim muassasalarining faoliyati erkinligi kengaytirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring