«Sambhram Group of Institutions» Ta’lim muassasalari guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
![«Sambhram Group of Institutions» Ta’lim muassasalari guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2170399573.jpg)
Joriy yil 19-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos «Sambhram Group of Institutions» Ta’lim muassasalari guruhi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mehmon tomoni Jizzax shahrida Sambhram Texnologik instituti filialini tashkil etish rejalari, xususan, uning yo‘nalishlari, bosqichlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Moliyalashtirish, iqtidorli talabalarga davlat grantlarini ajratish masalalari ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, institut va mahalliy IT kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatishda ko‘maklashish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelajakdagi hamkorlikni anglashuv memorandumi bilan mustahkamlashga kelishib oldilar, deya xabar berdi vazirlik Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter