Elektron davlat xizmatlarining rivojlantirilayotganligi e’tirof etildi
![Elektron davlat xizmatlarining rivojlantirilayotganligi e’tirof etildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3547099225.jpg)
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan «Toshkent International» mehmonxonasida «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ilg‘or natijalarga erishgan tashkilotlar taqdirlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «Elektron davlat xizmatlarini rivojlantirishda fidoyi tashkilot» deb topildi. Maxsus diplomni AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos qabul qilib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter