YXHT DIIHB EBM ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi (YXHT DIIHB EBM) missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida chet ellik mehmonlarga vazirlik faoliyatining yo‘nalishlari, shu jumladan, saylovlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga hamda saylovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etish doirasida ma’lumotlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter