Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish muddati uzaytirildi

Rossiya OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish muddati uzaytirildi

Rossiya OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati 10 kunga uzaytirildi.

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim (O‘zbekiston yarimorolni Rossiya hududiga o‘tganini tan olmagan) va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirildi.

Mazkur hududlardagi OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari 30 noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring