Rasman: qishki ta’til muddati uzaytirildi

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.
Jumladan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.
Joriy yilning 11-17-yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.
O‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati avvalroq harorat -27 darajagacha tushib ketishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter