Qachon Nobel olamiz?
Astrofizik, Nobel mukofoti laureati Subramanyan Chandrasekar har hafta 80 kilometr yo‘l bosib, o‘zi ishlaydigan York observatoriyasidan Chikago universitetiga kelib, ikki nafar talabaga dars berib ketarkan. Nega shuncha ovoragarchilik, ketgan vaqtingizga achinmaysizmi, deb so‘rashganida, professor ular juda yaxshi talabalar, deb javob bergan ekan.
1957-yilda Li Chjendao va Yang Chjennin fizika yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritishadi. Professor Subramanyan Chandrasekar kursidagi barcha talabalar Nobel olgan tarixdagi yagona ustoz sanaladi.
Ba’zida bolalar maktabdan erta qaytishadi. Sababi so‘ralsa, ko‘pchilik sinfdoshlarimiz ketib qolibdi, 3-4 ta bola qolgani uchun, o‘qituvchimiz javob berib yubordi, degan bahonani eshitamiz... Yo‘q, ta’lim tizimimizni tanqid qilmoqchimasmiz.
Hindistonda tug‘ilgan, tamil millatiga mansub bir odamga olis o‘lkada olim bo‘lish, kamiga o‘ziga o‘xshagan ikki osiyolikni ham tortish uchun qanday kuch va iroda yoki zamonaviy tilga o‘girganda, motivatsiya kerak bo‘lgan — shunisi qiziq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter