Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professor Ryodzi Noyori yurtimizning yosh olimlari bilan davra suhbatida ishtirok etdi

Professor Ryodzi Noyori yurtimizning yosh olimlari bilan davra suhbatida ishtirok etdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Avval ham xabar qilganimizdek, Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyorining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. 

Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazida Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yosh olimlar bilan suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Davra suhbatida jahon ilm-fanida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ixtirochi olimlar tomonidan qilinayotgan kashfiyotlar muhokama qilinib, mazkur jarayonlar bilan birga ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish zarurligi ta’kidlandi va bu borada Janob Ryodzi Noyori o‘zining hayotiy tajirbasi va ilmiy natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot uchun, taniqli kimyo olimi Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik asimmetrik sintez sohasidagi ishlanmasi uchun Nobel mukofotini olgan. Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengashining haqiqiy a’zosi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli xil yetakchi loyihalari hamda AQSh, Xitoy xalq respublikasi, Yevropa mamlakatlari fanlar akademiyasining a’zosi. 2015 yildan buyon Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligining strategiyasini rivojlantirish va tadqiq qilish Markazining Bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring