Samarqandda sammit payti talabalarga ta’til beriladimi? Vazirlik munosabat bildirdi
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’til berilishi haqida internetda xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bunga rasmiy javob berdi.
Ta’kidlanishicha, xabarlarda asos yo‘q.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va o‘sha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan o‘quv jadvaliga ko‘ra dars jarayonlari odatdagidek davom etishini ma’lum qilgan.
Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 10-11-noyabr kunlari shahardagi ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanishi haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter