Prezident qarori bilan yangi OTM tashkil etildi
Prezident qarori (269-son, 06.06.2022-y.) bilan Oliy sport mahorati instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Institut professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘qish davomiyligi uch yil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Unda jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.
Ta’lim faoliyati 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida amalga oshiriladi.
Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlar sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha «trener», «hakam», «seleksioner» va boshqa mutaxassisliklar beriladi.
Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.
Institut Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzilidan joy egallaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter