Prezident maktablari: «mandat» chiqdi
4 ta hududda ish boshlaydigan Prezident maktablarining yakuniy imtihon javoblari e’lon qilindi. Test natijalarini kompyuter orqali ushbu havolaga kirib tekshirishingiz mumkin.
Test natijalari qanday tekshiriladi?
- 1. Talabgor topshirgan hudud tanlanadi (Toshkent, Namangan, Xorazm va Qoraqalpog‘iston).
- 2. So‘ng sinf tanlanadi (5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinf).
- 3. Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctlr+F), sizga taqdim etilgan 11 raqamlik maxsus identifikatsiya raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
- 4. Imtihondan o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan.
- 5. O‘ta olmagan nomzodlar esa oq rang bilan belgilangan.
- 5- va 6-sinflar uchun muammoni yechish va tanqidiy fikrlash bo‘yicha umumiy 40 ballik savollar jami to‘plangan balning 80% hamda ingliz tilidan umumiy 50 ballik savollar jami to‘plangan balning 20% ini tashkil etadi.
Masalan, 5-sinf nomzodi tanqidiy fikrlash bo‘yicha umumiy 40 ballik savollardan 21 tasiga to‘g‘ri javob bergan va ingliz tilidan umumiy 50 ballik savollardan 39 tasiga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsin. Bunda nomzodning jami to‘plagan bali quyidagicha hisoblanadi:
(21/40)*80 + (39/50)*20 = 57,6
Ushbu misolda nomzod muammoni yechish va tanqidiy fikrlash bo‘yicha umumiy 42 ball va ingliz tilidan umumiy 15,6 ball to‘plagan, natijada nomzodning jami to‘plagan bali 57,6 ga teng bo‘ladi.
7-, 8-, 9- va 10-sinflar uchun muammoni yechish va tanqidiy fikrlash bo‘yicha umumiy 40 ballik savollar jami to‘plangan balning 60% va ingliz tilidan umumiy 55 ballik savollar jami to‘plangan balning 40% ini tashkil etadi.
Eng asosiysi, 5- va 7-sinflar kesimida yuqori ball to‘plagan, lekin testdan o‘tolmagan o‘quvchilar boshqa ixtisoslashgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Prezident maktabiga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari uchun alohida uchrashuv tashkil etilib, maktabga hujjatlarni rasmiylashtirish va ta’limga oid boshqa ma’lumotlar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter