Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident hamda Ijod maktablariga qabul qachondan boshlanishi aytildi

Prezident hamda Ijod maktablariga qabul qachondan boshlanishi aytildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident hamda Ijod maktablariga 2024/2025 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan o‘quvchilar 5-sinfga, ijod maktablariga esa 6-sinfni tugatgan o‘quvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

Talabgorlardan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi hamda baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) talab etiladi.

Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a’lo) bo‘lishi lozim.

Prezident maktablari hamda Ijod maktablari ro‘yxati Agentlik kanalida e’lon qilingan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring