Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMUning Taekvando va sport faoliyati fakulteti Koreya bilan hamkorlik o‘rnatadi

O‘zMUning Taekvando va sport faoliyati fakulteti Koreya bilan hamkorlik o‘rnatadi

Foto: O‘zMU axborot xizmati

Janubiy Koreya Taekvandoni targ‘ib qilish jamg‘armasi  vakillari jamg‘arma raisi Sang Vuk Li boshchiligida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yangi fakultetning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, taekvando sport turi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha zarur imkoniyatlar yaratish hamda fakultet talabalarining Janubiy Koreyaga bir oylik o‘quv kursiga borib kelishini ta’minlashdan iborat. 

Uchrashuv davomida jamg‘arma raisi Sang Vuk Liga «O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori» unvoni berildi.

«Biz qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yuqori bosqichga ko‘tarishga harakat qilamiz. Universitetingizda taekvando sport turini o‘rganishga qaratilgan fakultet ochilganiga ko‘p bo‘lmadi, shu sabab bu yo‘nalishni rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar va mexanizmlarni qo‘llash juda muhim»,-degan jamg‘arma raisi Sang Vuk Li.

Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘ratisida manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi Memorandum imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring