O‘zMU, SamDU va UrDUda yangi ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarori vazifalari yuzasidan respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda «Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi:
- O‘zbekiston Milliy universiteti;
- Samarqand davlat universiteti;
- Urganch davlat universiteti.
Mazkur yo‘nalish bitiruvchilariga «muhandis-matematik» va «matematika-mexanika o‘qituvchisi» qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalari beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter