Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMU rektori yapon universiteti rahbariga faxriy doktor unvonini berdi

O‘zMU rektori yapon universiteti rahbariga faxriy doktor unvonini berdi

O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov Yaponiyaning Soka universiteti prezidenti Daysaku Ikedaga O‘zMU “Faxriy doktori” unvonini topshirgan.

O‘zMU va Soka universiteti o‘rtasida fan-texnologiya bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida 28 oktyabr va 1 noyabr kunlari A.Marahimov Tokioga borgan.

Rektor safari doirasida Soka universiteti qoshidagi maktab va Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasiga ham borgan.

Delegatsiya 29 oktyabrda Yaponiyaning Fan va texnologiya JST yapon agentligi prezidenti Michinari Xamaguchi bilan uchrashgan. Muzokarada tomonlar qisqa va uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, kelajakda universitetning tarix fakulteti bazasida arxeologik joylarni va qadimiy qadriyatlarni skanerlash hamda klonlash uchun JST texnologiyasidan foydalanadigan loyiha yaratish bo‘yicha kelishib olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring