O‘zbekistonda OTMga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi
Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekistonda OTMlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi. Qabul jarayoni 1 oy — 20 iyulgacha davom etadi.
Hujjatlar to‘liq onlayn shaklda topshiriladi. Buning uchun ikkita platforma ishlab turadi:
1. Davlat test markazining sayti (abitur.dtm.uz);
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz).
Joriy yildan abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihonlarda 2 ta fandan test topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter