O‘zbekiston universitetlarining veb-saytlari tanqid qilindi
9-aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan tizimga zamonaviy AKTni joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘quv jarayoniga AKTni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Abdullayev OTMlari veb-saytlari inventarizatsiya qilinib, tanqidiy baho berilgani haqida aytib o‘tgan.
«Vazirlik tomonidan OTMlari jozibadorligini oshirish va imijini shaklantirish uchun avvalo ularning veb-saytlari tahlil etildi. O‘rganish natijalari OTMlari veb-saytlari mazmunini takomillashtirish, foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlab borish, xususan, xorijiy tillarda ham kontentni boyitish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shu bois hozirda OTMlar xalqaro universitetlar veb-sayti reytingida o‘z o‘rnini yaxshilash maqsadida OTMlar veb-sayti «Webometrics» reytingi talablari asosida qayta ishlab chiqilib, zarur ma’lumotlar bilan boyitilmoqda», - dedi Alisher Abdullayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter