Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari eng kam ish haqiga bog‘landi

OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari eng kam ish haqiga bog‘landi

Foto: «Xabar.uz»

«OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari endi eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi. Bu degani endi har safar ish haqlari ko‘tarilsa, kontrakt narxi ham keyingi semestrdan oshadi degani», — deb yozmoqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining «Telegram»dagi kanalida.

Shuningdek, 1 sentyabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari belgilandi.

Bakalavrda:
eng arzon kontrakt - 45 baravar, ya’ni 8 mln. 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming);
eng qimmat kontrakt - 60 baravar, ya’ni 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming).

Magistraturada:
eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m (ilgari 7 mln 210 ming);
eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m (ilgari 10 mln 830 ming).

Maxsus sirtqida:
eng arzon kontrakt - 15 baravar, ya’ni 2 mln 764 ming 500 so‘m (ilgari 2 mln 220 ming);
eng qimmat kontrakt - 27 baravar, ya’ni 4 mln 976 ming 100 so‘m (ilgari 3 mln 110 ming).

Kunduzgi sirtqida:
eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m.

Ikkinchi mutaxassislikda (17/18 o‘quv yilida kirganlar uchun):
eng arzon kontrakt - 25 baravar, ya’ni 4 mln. 607 ming 500 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 33 baravar, ya’ni 6 mln 81 ming 900 so‘m.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring