Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlar kvotalarni mustaqil belgilaydi

OTMlar kvotalarni mustaqil belgilaydi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Prezident oliy ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga to‘xtalib, OTMda tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlar yanada kuchaytirilishini aytib o‘tdi.

Jumladan, yoshlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyati beriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga, real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etiladi. 

2019-yilda abituriyentlarni OTM bilan qamrab olish 20 foizga oshiriladi. Kelasi yillarda bu raqam oshirib boriladi.

Bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring