Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMga imtiyoz, maxsus stipendiya va tashkilotga har yili 50 mlrd – Prezident qarori loyihasi

OTMga imtiyoz, maxsus stipendiya va tashkilotga har yili 50 mlrd – Prezident qarori loyihasi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yildan boshlab har yili intellektual o‘yinni 3 ta yo‘nalish va 3 bosqichli tizim asosida o‘tkazish belgilanmoqda.

Xususan, hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida har yil 30 iyun kuni Respublika super final o‘yini tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari – professional va oliy ta’lim muassasalariga, talabalar – ta’limning keyingi bosqichiga davlat granti, 2 – 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar bazaviy to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, intellektual o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida «Zakovat stipendiyasi» beriladi.

Shuningdek, davlat budjetidan har yili «Zakovat intellektual o‘yinlari klubi» NNTga 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Do‘stlik» MFY hududida «Zakovat intellektual klubi» uchun alohida bino hamda «Ilm-fan shaharchasi»ni barpo etish ko‘zda tutilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring