Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onalar maktabga qabul jarayonini baholab boradilar

Ota-onalar maktabga qabul jarayonini baholab boradilar

Foto:«Xabar.uz»

Endilikda ota-onalar maktabga qabul jarayoniga baho berish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu haqda xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 6-iyulidan Toshkent shahar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga hujjat topshirish uchun onlayn-navbatga yozilish tizimi ishga tushirilgan.

Qabul jarayonini sifatli va shaffof tashkil etish maqsadida www.qabul.maktab.uz veb-saytida  «Maktab qabul jarayoniga baho berish» imkoniyati yaratildi.

«Mazkur shaklni to‘ldirish orqali maktab ma’muriyatining qabul sifatiga baho berib, o‘z izohingizni yozib qoldirishingiz mumkin. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Maktab direktorlaridan esa ushbu jarayon faoliyatingizni ob’yektiv baholashning yana bir me’zoni ekanligini, shu bois sizdan qabul jarayoniga yanada mas’uliyat va e’tibor bilan yondoshishingizni so‘raymiz» deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring