O‘qituvchilarga malaka toifasini berish tartibi o‘zgaradi
Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yil yakuniga qadar yangi tajribani o‘qituvchilarning bilim darajasi past bo‘lgan 20 ta tumanda sinovdan o‘tkazishga topshiriq berildi.
Shuningdek, pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi.
Buning uchun Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.
Vazirlikda pedagogik ta’lim bo‘yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.
Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlarida o‘qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo‘nalishidagi institutlar uchun «tayanch oliygoh» bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter